21:05 / 02.04.2016
1843

AQSh mehnat vazirligi delegatsiyasi O‘zbekiston mehnat vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi

AQSh mehnat vaziri yordamchisi o‘rinbosari Erik Bil boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston mehnat vaziri Aziz Abduxakimov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

AQSh mehnat vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston mehnat vaziri Aziz Abduxakimov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston mehnat vazirligi AQSh delegatsiyasini mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi islohotlardan xabardor qildi.

Abduxakimov O‘zbekistonda xalqaro mehnat standartlarining bajarilishini ta'minlash maqsadida qabul qilinayotgan choralar haqida gapira turib, 2014-2016 yillar uchun O‘zbekistonda munosib mehnat davlat dasturi imzolangani, hukumat tomonidan O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan Xalqaro mehnat tashkilotining qonun hujjatlari va konvensiyalarini bajarish tadbirlari rejasi tasdiqlanganini qayd qilib o‘tdi.    

Hukumat tomonidan barcha viloyatlar, tumanlar va shaharlarda qabul qilinayotgan choralar borasida aholining xabardorligini oshirish maqsadida faol piar-kampaniya yo‘lga qo‘yilgan. Bu tadbir davomida jamoat joylarida, mahallalar, sog‘liqni saqlash, xalq va umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida mehnat qonunchiligi borasida tushuntirishlar berilgan banner va plakatlar yoyilgan, ularda mehnat huquqlari buzilganda telefon qilish mumkin bo‘lgan "ishonch telefonlari" ko‘rsatib o‘tilgan.

Bundan tashqari, vazirlik tomonidan www.fbm.uz (Feedback Mechanism) sayti yaratilib, ishga tushirilgan. Bu sayt orqali ishchilar va fuqarolar o‘z mehnat huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Davlat mehnat huquq inspeksiyasiga murojaat qilishlari mumkin.

Abduxakimov 2015 yilda uchinchi tomon monitoringi natijalari paxta terimida mehnat qonunchiligining muntazam buzilish holatlari yo‘qligini ko‘rsatdi.

Bil qabul uchun minnatdorchilik bildirdi va O‘zbekistonning ham xalqaro tashkilotlar, ham AQSh mehnat vazirligi bilan hamkorligining ijobiy darajasi va mazmunli xarakterda ekanligini ta'kidlab o‘tdi. U, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarning mehnat huquqlarini ta'minlash bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilganini qayd qilib o‘tdi. 

Uchrashuv natijalariga ko‘ra, AQSh ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga tayyorgarlik bildirdi.

Top