08:47 / 02.04.2016
1302

AQSh Somalida "Ash-Shabob" pozitsiyalariga zarba berdi

AQSh Somalida "Ash-Shabob" jangarilari pozitsiyalariga zarba berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Pentagonning xabar berishicha, AQSh harbiy-havo kuchlarining asosiy maqsadi terrorchilik guruhining yetakchilaridan biri Hasan Ali Dxurani yo‘q qilish bo‘lgan.

"Somali federal hukumati bilan hamkorlikda 31 martda AQSh kuchlari "Ash-Shabob" yetakchilaridan biri Hasan Ali Dxuraga qarshi zarba berdi", deb aytdi Pentagon rasmiy vakili Piter Kuk.

Pentagonning ta'kidlashicha, Dxura Somali poytaxti Mogadishoda AQSh fuqarolariga qarshi hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rgan.

Top