10:32 / 02.04.2016
1526

Arsen Venger: «O‘zil bilan gaplashib qo‘yaman, bunday gaplarni aytish yaramaydi»

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger jamoaning germaniyalik yarimhimoyachisi Mesut O‘zilning joriy mavsumdagi chempionlik poygasidagi muvaffaqiyatsizlik haqida bildirgan fikrlariga munosabatini bildirib o‘tdi.

Bir necha kun oldin Mesut O‘zil jamoa bosh murabbiyi Arsen Vengerni yozgi transferlar paytida faol bo‘lishga chaqirgandi. U shuningdek, bu mavsumda jamoa futbolchilarining o‘zlari o‘zlarini chempionlik imkonidan mahrum qilishayotgani haqida aytib o‘tgandi.

«Biz u bilan bu haqda gaplashib olamiz. U bunday gaplarni so‘zlamasligi kerak edi.

Biz o‘zimizga ishonishimiz kerak. Imkoniyat 100tadan bitta bo‘lgan taqdirda ham umidni yo‘qotmaslik kerak. Imkoniyatlar o‘zimizga ishongan taqdirimizdagina bo‘ladi.

Eng qo‘rqinchlisi – o‘zingga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘yishdir.

Biz oxirigacha ehtiros bilan o‘ynashda davom etishimiz lozim. Muxlislarning ishonchini saqlab qolish uchun shunday qilishimiz kerak», – deydi Venger.

Bundan tashqari, Venger rahbariyat O‘zil va Aleksis Sanches bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlayotgani haqida aytib o‘tgan.

Qayd etish kerakki, keyingi vaqtlarda londonliklar jamoasining bu yetakchilariga Ispaniya grandlaridan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgandi.

«Barselona» O‘zil uchun «Arsenal»ga 3 futbolchisini bermoqchi

Mesut O‘zil: «Chempion bo‘lishdan umid uzganimiz yo‘q»

Mesut O‘zil Vengerni jiddiyroq transferlar qilishga chaqirdi

Top