16:33 / 02.04.2016
1576

Putin Qorabog‘ nizosi tomonlarini o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘ hududida nizolar yangilangani haqidagi xabarlardan tashvishda ekanini bildirdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati boshlig‘i Dmitriya Peskovga asoslanib, RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.

"Prezident Putin ziddiyatli tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatish va vazminlik ko‘rsatishga chaqirdi", deydi Peskov.

Ayni paytda Armaniston prezidentiga Tog‘li Qorabog‘ hududidagi vaziyat haqida ma'lumot yetkazilgani aytilgan.

Bundan oldinroq, Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Rossiya tomoni Tog‘li Qorabog‘ hududidagi vaziyat sinchkovlik bilan kuzatib borilayotgani haqida aytib o‘tgandi.

Top