16:25 / 02.04.2016
1452

Rim papasining avtomobili auksionda 300 ming dollarga sotildi

Rim papasi Frantsisk o‘tgan yilning sentabrida AQShga tashrifi chog‘ida Nyu-Yorkda harakatlangan Fiat 500 avtomobili auksionda 300 ming dollarga sotildi. Rai News 24 yangiliklar kanalining xabar berishicha, mashina Nyu-York arxiyeparxiyasi tomonidan sotuvga qo‘yilgan, undan tushgan mablag‘ katolik maktablar zaruriyatlari va boshqa xayrli maqsadlarda sarflanadi.

YXaridor Nyu-York arxiyepiskopi kardinal Timoti Dolan bilan uchrashishi mumkin", deb xabar beradi Avvenire katolik nashri.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Fiat 500 ning oxirgi narxi bozor narxidan 10 barobar qimmat.

OAVda Frantsisk AQShga tashrifi chog‘ida juda kamtarona harakat vositasini tanlaganligi ancha muhokamaga sabab bo‘lgan edi. Bundan tashqari, bunday tanlov Italiya uchun ahamiyatlidir. Italiya uchun 1957 yilda ishlab chiqarilgan Fiat 500 tarixiy modeli urushdan keyingi sanoat rivojining timsolidir. 2007 yilda Fiat mashhur modelning yangi versiyasini ishlab chiqardi.

Top