19:38 / 03.04.2016
1426

Anastasiya Zavorotnyukning bir necha millionli qarzlari borligi ma'lum bo‘ldi

Rossiyalik taniqli aktrisa va teleboshlovchi Anastasiya Zavorotnyuk yaqin orada o‘z yubiley marosimini nishonlaydi: biroq u o‘zining 45 yoshini ko‘p millionli qarzlar bilan kutib oladi. So‘nggi vaqtlarda Anastasiyaning oilasiga moliyaviy qiyinchiliklar hamrohlik qilmoqda.

2009 yilning o‘zida Zavorotnyuk Qrimda muz uchish maydonini qurdirgan edi: u bu ishni turmush o‘rtog‘i, figurali uchish ustasi Pyotr Chernishevga bag‘ishlab amalga oshirgan. Bu rejadagi ish ortidan anchagina zarar ko‘rilgani ma'lum bo‘ldi va olingan qarzlar tez orada katta qiymatga aylanib ketdi.

Uch yildan so‘ng aktrisa o‘z oilasiga uy sotib olish uchun 537 ming dollar miqdorida kredit oldi. Belgilangan mablag‘ni o‘z muddatida to‘lay olmagani uchun 2014 yilda bank Anastasiyani sudga berdi.

«Komsomolskaya pravda» nashrining xabar berishicha, ayni damda aktrisa bank hisobiga 27 million rubl qarzini qaytarishi lozim. «U kredit olganida bankka mol-mulkining bir qismini – uyi, mashinasi, dala hovlisini garovga qo‘ygan. Bu ko‘chmas mulk bankdan kreditga olingan pulning 15 foizini qoplaydi. Bank uning qarzi evaziga bor mol-mulkni tortib olishi mumkin. Biroq aktrisa qarzlarini sekin-asta – bo‘lib to‘lashga qaror qildi», – deydi deydi sud ijrochilari.

Shunday moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, Anastasiya Zavorotnyuk avvalgidek eng talabgir aktrisalardan biri sanaladi. Yaqindagina Aleksandr Vasilev uning uslubini tanqid ostiga olgan edi.

Top