12:13 / 03.04.2016
1417

Apple FQB terrorchi iPhone’ini qanday usulda ochganining tagiga yetishini aytdi

AQSh Federal qidiruvlar byurosi San-Bernardinoda terakt uyushtirgan terrorchilardan biriga tegishli iPhone 5c smartfonini ochgan usuli yaqinda ma'lum bo‘ladi, deb xabar bermoqda Apple kompaniyasi muhandislaridan biriga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Taxmin qilinishicha, maxsus xizmatlar foydalangan bu usul ma'lumotlar chiqib ketgandan keyin oshkor bo‘ladi. O‘shanda Apple kompaniyasi iPhone smartfoni egasidan boshqa hech kim smartfonga yozilgan ma'lumotga kira olmaydigan himoyani yarata oladi. Shuningdek, ma'lum qilinishicha, FQB smartfonni ochgan usul sud qarori bilan chop etilishi mumkin.

Avvalroq Apple terrorchining telefoni ochilganidan keyin himoyani kuchaytirishi ma'lum qilingandi.

Fevral o‘rtalarida Kaliforniya shtati sudi Apple’ga FQBga terrorchining blokda bo‘lgan smartfoniga kirish imkonini berish majburiyatini qo‘ygandi. Biroq Apple buni qilishdan bosh tortgan. Telefon Kaliforniya shtatidagi San-Bernardino shahrida imkoniyati cheklangan odamlar markazida terakt uyushtirgan terrorchilardan biriga tegishli bo‘lgan.

Top