07:52 / 03.04.2016
1356

Britaniyalik poygachi Xemilton Bahrayn Gran-prisi kvalifikatsiyasini yutdi

Mercedes jamoasi a'zosi, "Formula-1" poygasining 3 karra chempioni, britaniyalik poygachi Lyuis Xemilton Bahrayn Gran-prisi kvalifikatsiyasining g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda " Formula-1" saytida ma'lum qilindi.

Marraga ikkinchi bo‘lib uning jamoadoshi, nemis Niko Rosberg yetib keldi, u g‘olibga 0,077 soniya yutqazdi. Uchinchi bo‘lib marraga nemis poygachisi, Ferrari jamoasi a'zosi Sebastyan Fettel yetib keldi.

Red Bull jamoasi a'zosi, rossiyalik poygachi Daniil Kvyat poygada 15-o‘rin egalladi.

Bahrayn poygasi 3 aprelda bo‘lib o‘tadi.

2016 yilgi "Formula-1" chempionati 19 martda Avstraliya Gran-prisidan boshlandi. Unda Rosberg g‘olib bo‘ldi, Xemilton ikkinchi, Fettel uchinchi o‘rin oldi. Kvyat bolid bilan yuzaga kelgan muammo sababli poygada ishtirok eta olmadi.

O‘sha poygada McLaren jamoasining ispaniyalik poygachisi Fernando Alonso jiddiy avariyaga uchradi. Shu sababli u Bahrayndagi poygani o‘tkazib yubormoqda.

Top