10:59 / 03.04.2016
1235

Erdo‘g‘an Qorabog‘dagi ixtilof munosabati bilan Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlashini aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatda Qorabog‘ ixtilofida Bokuni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Suhbat Erdo‘g‘an tashabbusi bilan bo‘lib o‘tdi. "Turkiya prezidenti Armaniston
va Ozarbayjon qo‘shinlari tutashadigan liniyadagi voqealar munosabati bilan qo‘llab-quvvatlov va yakdillik bildirdi hamda turk xalqi hamisha Ozarbayjon halqi bilan yonma-yon turishini aytdi", deyilmoqda xabarda. Erdo‘g‘an ozarbayjonlik harbiylarning halok bo‘lishi munosabati bilan hamdardlik so‘zlarini bildirdi.

O‘z navbatida, Ozarbayjon prezidenti Turkiyaga Qorabog‘ ixtilofini tartibga solishdagi ko‘magi uchun minnatdorchilik bildirdi. "Prezident Ilhom Aliyev Armaniston navbatdagi marta qo‘shinlar tutashadigan liniyada ig‘vogarlik harakatlarini amalga oshirganini, Ozarbayjon pozitsiyalariga hujum qilganini aytdi. Ozarbayjon qurolli kuchlari hujumni qaytarishdi, qarshi tomon tegishlicha javob oldi", deyilmoqda Ozarbayjon tomoni bergan xabarda.

Top