07:42 / 03.04.2016
2061

"Match TV" kanali "Barselona" - "Real" uchrashuvini kechikish bilan boshlagani uchun uzrini keltirdi

Rossiyaning "Match TV" kanali 2 aprelda bo‘lib o‘tgan "Barselona" — "Real" uchrashuvi translyatsiyasi ushlab qolingani uchun uzrini keltirdi.

O‘tgan kecha kanal ko‘p millionlik futbol muxlislariga ikkita futbol uchrashuvini ketma-ket tomosha qilish imkonini taqdim qildi: Rossiya chempionatidan o‘rin olgan "Rostov" — "Spartak" va "Barselona" — "Real" ispan klasikosi uchrashuvlari.

Rossiya klublari ishtirokidagi uchrashuv rejalashtirilgandan biroz uzoqroq davom etdi va shu tufayli keyingi uchrashuv biroz kechikish bilan efirga berildi.

"Televizion biznes shunday tuzilganki, Rostovdagi uchrashuv oxirida ko‘rsatilgan reklama va e'lonlarni bermaslikning iloji yo‘q. Shu bilan birga "Match! Futbol 2" kanalida klasiko o‘z vaqtida boshlandi.

Yana bir bor muxlislarni yuzaga kelgan vaziyatga tushunish bilan munosabatda bo‘lishga chaqiramiz – "Match TV" federal sport kanali paydo bo‘lguncha tomoshabinlarda bunday ko‘lamdagi uchrashuvlarni bepul ko‘rish imkoni bo‘lmagan edi. Avval bunday uchrashuvlar faqatgina pullik kanallarda ko‘rsatilgan.

Biz avvallari Rossiya federal auditoriyasining ko‘rish imkoni bo‘lmagan ekstra-darajadagi Yevropa futbolini ko‘rsatishni davom ettiramiz. Va biz albatta eng muhim Rossiya uchrashuvlarini ham ko‘rsatamiz.

Sizning sabr-toqatingiz, tushunishingiz va futbolga muhabbatingizga umid qilamiz!", deyilmoqda kanal bergan bayonotda.

Top