18:40 / 03.04.2016
2622

Musulmon olimlarining 5 ixtirosi

Dunyo ilm-fani taraqqiyotini musulmon allomalarining munosib ulushlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ular “sovg‘a” qilgan juda ko‘p ixtirolar bugun ham jamiyatning turli jabhalarida faol qo‘llaniladi. Shular beshtasini misol qilib keltirmoqchimiz.

1. Ommaviy kutubxonalar
Islom olamida ilm-fan mavzuidagi suhbatlar, turli fikrlashuvlar uchun masjidlar muhim rol o‘ynagan. Bu joy nafaqat ibodat maskani, balki din, falsafa, mantiq va boshqa sohalardagi kitoblar o‘rin olgan kutubxona vazifasini ham o‘tagan. Mazkur manbalar va kitoblar jamoatchilik mutolaa qilishi uchun doim ochiq bo‘lgan.

2. Jarrohlik asbob-uskunalari
X asrda yashagan atoqli jarroh Qosim al-Zahraviy jarrohlikning otasi sanaladi. Uning ixtiro qilgan jarrohlik asbob-uskunalari hozirgi kunga qadar ishlatib kelinmoqda. Ular orasida skalpel, jarrohlik qaychisi va jarrohlik ignalarini misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek, ketgut, ya'ni teriga o‘z-o‘zidan singib ketuvchi jarrohlik tikuv materiali ham aynan shu olimning ixtirosidir.

3. Algebra.
Hisob-kitob ilmi islomning oltin asrida qayta tug‘ildi. Bunda ulug‘ vatandoshimiz, mutaffakkir al-Xorazmiyning hissasi katta. Allomaning 800 yillarda yozgan asarlari algerbra ilmini yanada mukammal ko‘rinishga keltirdi.

4. Optika
XI asrda yashagan atoqli olim Ibn Haysam ko‘zning ko‘rishi bilan bog‘liq eski qarashlarni yangiladi. O‘shanda ko‘zlar yorug‘likni akslantirgani sabab, odam ko‘radi, deyilardi. Haysam esa buning to‘g‘ri variantini ilgari surdi. Ya'ni, u aslida ko‘z boshqa jismlardan akslangan yorug‘likni qabul qilishi sababli ko‘rishini isbotladi.

5. Qahva
Qahva doni dastlab Efiopiyada o‘stirilgan. 15 asrda musulmon-arablar Yaman sotib olib kelishadi va undan ichimlik tayyorlab ichishadi. Ular qahva donlarini suvga solib, qaynatib ichishgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, kechasiyu kunduzi ibodat bilan mashg‘ul bo‘ladigan dindorlar tetiklik va namozni to‘kis ado etish uchun ana shunday qahvadan ichishgan.

Manba: muxlis.uz

Top