13:18 / 03.04.2016
1541

Qozog‘istonlik bokschilar o‘zbekistonlik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi

Qozog‘istonning WSB “Astana Arlans” jamoasi Ust-Kamenagorsk shahrida o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekistonning “Uzbek Tigers” jamoasini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

60 kg. vazni toifasida kechgan bahsda o‘zbekistonlik bokschi Yelnur Abduraimov Zokir Safiullin ustidan g‘alabaga erishdi. Shundan so‘ng, 52 kilogramm vazn toifasida bahs bo‘lib o‘tdi. Unda qozog‘istonlik Azat Maxmetov o‘zbekistonlik sportchi Abrorjon Qodirovni mag‘lub etdi. Hisob tenglashdi. Qozog‘istonlik yana bir sportchi Aslanbek Shimbergenov o‘zbekistonlik bokschi Mahmud Gaipovga hech qanday imkon qoldirmadi — 3:0 (50:45, 50:44, 50:45), 81 kg. vazn toifasida esa Arman Risbek Shuhrat Abdullayevni 3:0 ga yengdi.

Yakunda 4:1 hisobida qozog‘istonlik bokschilarning qo‘li baland keldi.

Top