12:00 / 03.04.2016
1622

"Real" 51 yil ichida birinchi marta "Kamp Nou"da irodali g‘alabaga erishdi

Ispaniya chempionatining 31-turida Madridning "Real" klubi mehmonda – "Kamp Nou" stadionida "Barselona"ga 0:1 hisobida yutqaza turib, kamchilikda o‘ynab o‘zining "ashaddiy" raqibini 1:2 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa, Madrid klubi 1965 yilning 28 fevralidan beri "Kamp Nou"da o‘zining birinchi irodali g‘alabasiga erishdi. "Real" o‘shanda ham kataloniyaliklarni 1:2 hisobida mag‘lub etgandi.

"Real" 31 turdan keyin 69 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egalalmoqda hamda chempionat peshqadami "Barsa"dan 7 ochko hamda 2-o‘rinni egallayotgan "Atletiko"dan 1 ochko ortda qolmoqda.

Top