23:24 / 03.04.2016
1422

Rimning tarixiy qismida portlash yuz berdi

Rimning tarixiy qismida joylashgan Campiani barida yong‘in bilan portlash yuz berdi. Bu haqda 3 aprelda ANSA agentligi ma'lum qildi.

Noxush voqea oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan kishi barning xorijlik xodimi bo‘lgan. Uning o‘limiga is gazidan zaharlanish olib kelgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in barning yerto‘lasida chiqqan. Taxminlardan biriga ko‘ra, yong‘inga elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, barga tashrif buyurganlar orasida sarosima boshlangan. Bar atrofi o‘rab olinib, odamlar evakuatsiya qilingan. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar ish olib borgan.

Top