15:00 / 03.04.2016
1508

Ronaldu "El Klasiko" to‘qnashuvlarida gol urish borasida Rauldan o‘tib ketdi

«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu navbatdagi «El Klasiko»da o‘zining 16-golini urdi.

Portugaliyalik bu borada Madrid klubi sobiq hujumchisi Raul Gonsalesni ortda qoldirdi. Raul hisobida 15ta gol bor.

Bundan tashqari, Ronaldu oxirgi 5 ta «El Klasiko»dagi o‘zining to‘rtinchi golini urdi.

«El Klasiko»da gol urish bo‘yicha «Barselona» hujumchisi Lionel Messi 21 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda 18 ta gol bilan Alfredo Di Stefano bormoqda.

Manba: tribuna.uz

Top