22:50 / 03.04.2016
1334

Saudiya Arabistonida politsiya bo‘limi yonidagi portlashda xorijlik halok bo‘ldi

Saudiya Arabistonida politsiya bo‘limi yonida bomba portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Qirollik ichki ishlar vazirligi ma'lum qilishicha, noxush voqea 2 aprel kechki payt Ar-Riyoddan janubda joylashgan Al-Xarj hududida yuz bergan.

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, hujum politsiya bo‘limi yonida turgan patrul mashinasiga qarshi qaratilgan bo‘lgan. Portlash oqibatida yana ikkita politsiya avtomobiliga shikast yetgan. Halok bo‘lgan xorijlik bo‘lgan, uning qaysi davlat fuqarosi ekanligi aytilmagan.

Ushbu portlash uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi. Terrorchilik guruhining bayonotida hujum ikkita portlovchi qurilmadan foydalangan holda amalga oshirilgani aytilgan.

Top