07:24 / 03.04.2016
1503

Yaponiyalik tennis ustasi Nara turnirga uchayotib, boshqa Charlstonga kelib qoldi

Yapon tennis ustasi Kurumi Nara bir xil ismli amerika shaharlarini adashtirib yubordi va G‘arbiy Virjiniyadagi Charlstonga uchib keldi. Aslida esa u turnir o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Janubiy Karolinadagi Charlstonga borishi kerak edi. Bu holat haqida sportchi o‘zining rasmiy saytida xabar berdi.

Atlantadan o‘z treneri bilan turnirga otlangan tennischi parvoz vaqtida xatoga yo‘l qo‘yganini payqab qoldi.

“Siz bo‘lgan voqeaga ishonmaysiz, - deya yozdi Nara. – Mening trenerim Natsuki Xarada baqira ketdi: “Menimcha, biz boshqa shaharga uchyapmiz! Bir xil ismga ega ikkita aeroport mavjudligi mening jahlimni chiqarmoqda”.

Raketka ustasi bu vaziyatni taqdir hazili deb qabul qildi. “Men, albatta, kulishim kerak emas. Biroq bu holatdan so‘ng o‘zimni kulgudan tiya olmayapman. Bu kabi omadsizlikdan keyin yaxshi ishlar sodir bo‘lishi shart, - qo‘shimcha qildi Nara. – Biz yana yangi chiptalar sotib olib, Atlantaga qaytamiz va belgilangan manzilga uchamiz”.

24 yoshli yapon tennischisi Ayollar tennis uyushmasida 78-o‘rinni egallamoqda. Charlstondagi turnir 5 aprel kuni boshlanadi.

Top