00:24 / 04.04.2016
1591

BAIC kompaniyasi elektr superkar yaratdi

Xitoyning CarNewsChina sayti BAIC kompaniyasi yaratgan elektr superkarning birinchi rasmiy fotosuratlarini chop etdi. Mashina 25 aprelda Pekin avtosalonida ilk bor namoyish qilinadi.

Kupe BAIC‘ning Barselonadagi dizayn-markazida Campos Racing ispan poyga jamoasi mutaxassislari ishtirokida yaratildi. Mashina Xitoyning China Racing jamoasi "Formula-Ye" elektr bolidi negizida qurildi.

Superkarning uzunligi 4570 millimetr, eni 2040 millimetr, balandligi 1214 millimetrni, g‘ildiraklar bazalari o‘lchami 2800 millimetrni tashkil qildi.

Avtomobilning texnik ko‘rsatkichlari sir saqlanmoqda. Shu narsa ma'lumki, yangi mashina 100 km/soat tezlikka 3 soniyada erisha oladi, maksimal tezligi esa 260 km/soatni tashkil qiladi. Yangi mashina qayta quvvatlashsiz 300 km gacha yo‘l bosa oladi.

2015 yil oxirida BAIC xaridorlar uchun Tesla Model S modeli bilan raqobatlasha oladigan elektrokar yaratishini e'lon qilgandi.

Top