17:32 / 04.04.2016
1581

«Chelsi» Konte bilan 3 yillik shartnoma tuzilgani haqida rasman e'lon qildi

Angliyaning «Chelsi» klubi yozda jamoani italiyalik Antonio Konte boshqarishini rasman ma'lum qildi.

Klub rasmiy saytida yozilishicha, italiyalik mutaxassis londonliklar bilan uch yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Hozirda Konte Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida termani Yevro-2016 musobaqalariga tayyorlamoqda.

Konte «Chelsi»ni boshqargan beshinchi italiyalik mutaxassisga aylandi. Oldin jamoani Janluka Vialli, Klaudio Raneri, Karlo Anchelotti va Roberto Di Matteo boshqarib borgandi.

Konte o‘z faoliyatini B seriyada «Bari» bilan chempion bo‘lish orqali boshlagan. Keyinroq u «Yuventus» bilan A seriyada 3 marta g‘olib chiqib, Italiya superkubogini 2 marta qo‘lga kiritgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Konte uch yil davomida 20 million yevro maosh olishi haqida xabar berilgandi.

Top