17:26 / 04.04.2016
1879

Yevro-2024 turniri Skandinaviya mamlakatlari bo‘ylab o‘tkazilishi mumkin

Futbol bo‘yicha 2024 yilgi Yevropa chempionati Daniya, Shvetsiya, Norvegiya va Finlyandiya mamlakatlarida o‘tkazilishi mumkin. Ushbu davlatlar Yevro-2024 mezbonligi uchun qo‘shma ariza taqdim etadi. Bu haqda Daniya futbol ittifoqi saytida ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, bu qo‘shma ariza g‘olib bo‘lsa, turnir o‘yinlari Farer orollari va Islandiya kabi mamlakatlarda ham o‘tkazilishi mumkin.

"Shimoliy davlatlar umumiy qadriyatlarga ega va skandinavlarning barchasi Yevropa chempionatini o‘zida qabul qilishni istaydi. Biz mezbonlik uchun kerakli iqtisodiy salohiyat va ekologik sharoitlarga egamiz. 2018 yilgi jahon chempionatidan keyingina Yevro-2024 turniri mezbonligi uchun arizalar qabul qilinishi boshlansada, biz hozirdan harakat boshladik", deyiladi murojaatda.

Ma'lumot uchun, 2020 yilgi tartib bo‘yicha 16chi Yevropa chempionati o‘yinlari qit'a bo‘ylab turli shaharlarda o‘tkaziladi. Bu tartib joriy etiladigan ilk turnir Buyuk Britaniyadan Ozarbayjongacha bo‘lgan 12 davlatdagi 13 shaharda o‘tkaziladi (London, Dublin, Glazgo, Bilbao, Bryussel, Rim, Myunxen, Kopengagen, Amsterdam, Buxarest, Budapesht, Sankt-Peterburg va Boku). Final Londondagi Uembli stadioniga belgilangan.

Top