15:25 / 04.04.2016
1937

Iroqda Turkiya elchixonasi vayron bo‘ldi

IShID terroristik guruhi yo‘nalishi bo‘yicha AQSh rahbarligidagi xalqaro koalitsiyaning uchuvchisiz uchish moslamasi hujumi natijasida Mo‘sulda Turkiya konsullik binosi vayron bo‘ldi. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.

Bayonotda keltirilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 03:00 (Toshkent vaqti bilan 05:00)da Turkiyaning Iroqdagi diplomatik vakillik binosiga hujum uyushtirilgan. Ushbu binoni 2014 yildan buyon IShID jangarilari egallab kelishardi. Vafot etgan ekstremistlar soni haqida hali ma'lumot tarqatilmadi.

500 ming nafardan ortiq odam istiqomat qiluvchi Mo‘sul shahrini IShID jangarilari o‘zlarining poytaxti deb hisoblashadi. Shahar terroristik guruh tashkil etilishida 2014 yil 10 iyun kuni iroqlik harbiylar tomonidan deyarli qarshiliksiz topshirilgan.

Endi esa Mo‘sulning ozodligi – mamlakatni nazorat ostiga olish bo‘yicha armiya va xalq lashkarlari otryadi tomonidan IShIDga qarshi o‘tkaziladigan amaliyotlarning asosiy maqsadiga aylangan.

Top