21:22 / 04.04.2016
2093

Kalashnikov oilasi AK-47 brendiga huquqdan qisman mahrum qilindi

Intellektual huquqlar bo‘yicha sud mashhur qurolsoz Mixail Kalashnikov, uning qizi va nabirasi tomonidan asos solingan "M.T. Kalashnikov" firmasini "Kalashnikov" qurolsozlik konsernining da'vo arizasiga ko‘ra AK-47 brendiga huquqdan qisman mahrum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Kalashnikov avtomatining AK-47 yozuviga ega tasviridan iborat tovar belgisini huquqiy himoya qilish unga egalik qiluvchi tomonidan qo‘llanmagani sababli o‘yinchoqlar, harakatlanuvchi qismli o‘yinchoqlar va o‘yinlar kabi mahsulotlar uchun tugatildi.

Rospatent ma'lumotiga ko‘ra, brend 2004 yilda "M.T. Kalashnikov" YoAJ nomiga qayd qilingan, 2012 yilda esa uning huquqiy himoyasi 2022 yilgacha uzaytirilgandi. Bu huquq kiyim-kechak, bosh kiyimlari, o‘yinchoqlar, o‘yin avtomatlari va stol ustida o‘ynaluvchi o‘yinlarga tegishli bo‘lgan.

2014 yil iyunda konsern Rossiyada ushbu mahsulotlar uchun brendning huquqiy himoyasini muddatdan avval tugatishni talab qilgan.

"M.T. Kalashnikov" firmasi 1999 yilda yaratilgan, uning ta'sischilari Kalashnikovning o‘zi, uning qizi va nabirasi hisoblanadi.

Top