16:55 / 04.04.2016
1520

«Lester» klubi yetakchilari Mahrez, Vardi va Kante doping qabul qilishda gumon qilinmoqda

ESPN jurnalisti Deniel Ansvort Angliya chempionatida ishtirok etuvchi futbolchilarning antidoping tekshiruvi bo‘yicha shubha ostiga olingan futbolchilarning ism-familiyasini oshkor qildi.

Unga ko‘ra, «Lester»dan Riyoz Mahrez, N‘Golo Kante, Shinji Okazaki, Kristian Fuks va Jyeymi Vardi; «Chelsi»dan Traore, Villian va Diyego Kosta; «Tottenhem»dan Delli Alli, Tobi Alderveyreld, Erik Lamela, shuningdek «Arsenal»dan Dani Uelbek, va Gabriyel Paulista nomlari o‘rin olgan.

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, Premer-liga klublari o‘z futbolchilarining doping qabul qilmasligi uchun javobgar sanalishadi. Tekshiruvlar ijobiy natija bersa, klubdan reglamentni buzgani uchun ochkolar olib tashlanishi mumkin.

Top