19:26 / 04.04.2016
2885

Lola: “Bolalarim sobiq turmush o‘rtog‘imning rafiqasiga “opa” deb murojaat etishyapti

Xonanda Lola shaxsiy hayoti, kelgusidagi rejalari va yana bir bor turmush o‘rtog‘i haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda “Darakchi” nashri yozmoqda.

“Farzandlarim otasi uylanganini eshitib xafa bo‘lishmadi. Hatto to‘ydan bir hafta o‘tgach, dam olish kunlari dadasining uyiga mehmonga borishdi. Bolalarim sobiq turmush o‘rtog‘imning rafiqasiga “opa” deb murojaat etishyapti. Ular ancha ulg‘ayib qolishgan hamma narsani o‘zlari tushunib yetadigan yoshda. Shuning uchun hayotimizdagi bu o‘zgarishlarni ulardan yashirmadik. Bolalarim ham, o‘z navbatida, bu voqealarni to‘g‘ri qabul qilishdi.

Bolalarimning suratini iloji boricha instagramga kam qo‘yishga harakat qilyapman. Bu onamning xohishlari. Farzandlarim har bir narsada mendan o‘rnak olib kelishyapti. Hatto bugun qizimning kiyinishi, gap-so‘zi va o‘zini tutishida ham o‘z aksimni ko‘ryapman. Bundan faqat xursandman”.

Top