08:28 / 04.04.2016
1532

Norvegiya Rossiya harbiy kemalari ortidan kuzatish uchun "superkema" yaratdi

Norvegiya Rossiya harbiy-dengiz floti kemalari ortidan kuzatuvni kuchaytirmoqchi va shu maqsadda Marjata loyihasiga modifikatsiyalar kiritib, boshqa bir kema bilan razvedka ishini olib boruvchi kuchliroq kema yaratdi.

Yangi "superkema" Marjata IV kattaroq bo‘ldi. Uning uzunligi 126 metr, eni 23,5 metrni tashkil qiladi. Norvegiya bu kemani yaratish uchun 1,4 mlrd norveg kroni (149 mln dollar) sarfladi. Bu kema Norvegiya mudofaa vazirligining eng qimmatbaho loyihasi bo‘ldi.

Kema mamlakat qurolli kuchlari safiga yaqin orada qo‘shiladi. Yangi kemadan avval chiqarilgan Marjata III kemasi 2017 yilgacha yangi qurilmalar bilan jihozlanib, boshqa – Eger nomi bilan jangovar navbatchilikka qaytadi.

Harbiy tarixchi Lars Gyullendalning fikricha, Rossiya kemalari ortidan kuzatuvning kuchaytirilishi Norvegiya va NATO Rossiya timsolida xavfli va kuchli raqibni ko‘rayotganidan darak beradi.

"Rossiya katta ko‘lamdagi qurollanish dasturini o‘tkazdi. Endi yangi tizimlarni sinovdan o‘tkazish kerak. Biror davlat muayyan darajaga yetganda, qolgan davlatlar nima bo‘lishini kuzatishga qiziqadilar", deb aytdi Gyullendal.

Shvetsiya Qirollik dengiz jamiyati raisi Niklas Viklundning aytishicha, razvedka tadbirlarini boshlash Rossiya harbiy qudratining oshishiga G‘arbning odatiy munosabati hisoblanadi.

Top