08:13 / 04.04.2016
1363

Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ hududida o‘t ochishlar davom etayotganini ma'lum qildi

Ozarbayjon Mudofaa vaziri Vagif Dyarxagli Tog‘li Qorabog‘ hududidagi vaziyat keskinligicha qolayotgani haqida ma'lum qildi.

"Biz o‘t ochishni bir tomonlama to‘xtatish haqidagi qarorimizni e'lon qilganimizga qaramasdan Armaniston tomoni Ozarbayjon Qurolli kuchlari pozitsiyalarini va front chizig‘i yaqinidagi aholi turarjoylarini o‘qqa tutishda davom etmoqda", deya uning so‘zlarini keltiradi "Interfaks" agentligi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Agdamsk, Tertersk va Fizulinsk tumanlarida vaziyat jiddiyligicha qolmoqda.

Ozarbayjon Qorabog‘ hududida harbiy harakatlarni bir tomonlama to‘xtatishga qaror qildi

Top