21:28 / 04.04.2016
1388

Poroshenko ofshor kompaniyalari haqidagi ma'lumotga izoh berdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko prezident bo‘lgach, Roshen kompaniyasi aktivlarini boshqarishdan chetlashganini aytdi. U bu haqda feysbukdagi sahifasida yozdi.

"Men Ukrainada o‘z daromadlarini deklaratsiya qilishga, soliqlarni to‘lash va men Ukraina qonunchiligi va xalqaro xususiy huquq doirasida hal qiladigan manfaatlar ixtilofi masalasiga jiddiy yondashuvchi birinchi mansabdor shaxsman", deb yozdi Poroshenko.

Poroshenkoning aytishicha, u prezident bo‘lgach, aktivlarni boshqarishdan chetlashgan va buni tegishli konsalting va yuridik kompaniyalarga ishonib topshirgan.

"Bu kompaniyalar Ukraina va xalqaro matbuot uchun batafsil tushuntirishlar berishadi, deb kutib qolaman", deb ta'kidlab o‘tdi Poroshenko.

The Organized Crime and Corruption Reporting Project chop etgan ma'lumotlarga ko‘ra, 2014 yil Poroshenko o‘zining Roshen kompaniyasini restrukturizatsiya qilish maqsadida uchta ofshor kompaniya yaratgan.

Top