20:54 / 04.04.2016
7762

"Rio-2016": O‘zbekistonlik sportchilar qo‘lga kiritgan yo‘llanmalar soni 60ta bo‘ldi

2016 yilning yozida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiya o‘yinlari o‘tkaziladi.

Bugungi kunga kelib o‘zbekistonlik sportchilar tomonidan to‘rt yillikning eng yirik sport o‘yinlariga jami 60ta yo‘llanma naq qilib qo‘yilgan. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olgan sportchilar ro‘yxati:

Boks – 11 ta
Hasanboy Do‘smatov (-49 kg)
Shahobiddin Zoirov (-52 kg)
Murodjon Axmadaliyev (-56 kg)
Xurshid Tojiboyev (-60 kg)
Fazliddin G‘oipnazarov (-64 kg)
Shaxram Giyasov (-69 kg)
Bektemir Meliqo‘ziyev (-75 kg)
Elshod Rasulov (-81 kg)
Rustam To‘laganov (-91 kg)
Bahodir Jalolov (+91 kg)
Yodgoroy Mirzayeva (-51 kg)

Yengil atletika – 8 ta
Sitora Hamidova – marafon (42.195 m.)
Svetlana Radzivil – balandlikka sakrash
Suxrob Xo‘jayev – bosqon uloqtirish
Marina Xmelevskaya – marafon (42.195 m.)
Bobur Shokirjonov – nayza uloqtirish
Sitora Hamidova – marafon (10.000 m.)
Yekaterina Voronina – yettikurash
Andrey Petrov – marofon (42.195 m.)

Baydarka va kanoeda eshkak eshish – 5 ta
Aleksey Machalov – 1000 m. yakkalik (baydarka)
Gerasim Kochnev – 1000 m. yakkalik (kanoe)
Olga Umaraliyeva – 200 m. yakkalik (baydarka)
Vadim Menkov – 1000 m. ikki kishilik (kanoe)
Serik Mirbekov – 1000 m. ikki kishilik (kanoe)

Og‘ir atletika – 5ta
Og‘ir atletika sport turida yo‘llanmalar terma jamoalarga beriladi. Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadigan sportchilar O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi tomonidan musobaqalar arafasida e'lon qilinadi.

Sport kurashlari – 3ta 
Rustam Assakalov (-85 kg) – yunon-rim kurashi
Dilshod Turdiyev (- 75 kg) – yunon-rim kurashi
Ixtiyor Navro‘zov (-65 kg) – erkin kurash

Suzish – 2ta
Ra'noxon Amanova – 200 m. kompleks
Ra'noxon Amanova – 400 m. kompleks

Taekvondo (WTF) – 1ta 
2015 yil yakunlariga ko‘ra Olimpiya reytingining eng og‘ir vazndagi sportchilari jadvalida bir yo‘la ikki nafar sportchimiz Dmitriy Shokin va Jasur Boyqo‘ziyev kuchli oltilikdan o‘rin egallashdi. Qoidaga ko‘ra, Olimpiada o‘yinlarida har bir vazn toifasida bir davlatdan faqatgina bir nafar sportchi ishtirok etishi mumkin. Shu bois, “Rio-2016” o‘yinlarida qaysi sportchimizni ishtirok etishi o‘yinlar arafasida O‘zbekiston Taekvondo (WTF) milliy assotsiatsiyasi tomonidan e'lon qilinadi.

Yo‘llanmalardan 25tasi paralimpiyachilar tomonidan qo‘lga kiritilgan (10ta yengil atletika, 8ta dzyudo, 5ta suzish va bittadan o‘q otish hamda pauerlifting).

Oldinda yana sportning qator turlari bo‘yicha yo‘llanmalar o‘ynaladigan musobaqalar mavjud. “Rio-2016” o‘yinlariga qadar O‘zbekiston delegatsiyasi safi yanada salmoqli ko‘rinishga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, paralimpiya o‘yinlariga qadar dasturga kiritilgan deyarli barcha sport turlari bo‘yicha lisenzion musobaqalar o‘tkaziladi. Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan sportchilar nomi o‘yinlar arafasida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi tomonidan e'lon qilinadi.

Top