09:21 / 04.04.2016
1601

Rossiyaning Tomsk viloyatidagi yong‘inda 8 kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Tomsk viloyatidagi Molchanovo qishlog‘ida chiqqan yong‘in oqibatida 8 kishi, jumladan 3 bola halok bo‘ldi. Bu haqda 3 aprelda Rossiya Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in qishloqdagi uylardan birida chiqqan. Yong‘in mahalliy vaqt bilan 22:00 da boshlangan. "Yong‘inni o‘chirish paytida 7 kishi – 1938, 1964,1993 yillarda tug‘ilgan 3 ayol, 1957 va 1987 yilda tug‘ilgan 2 erkak, 2006 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola va 1999 yilda tug‘ilgan qiz bola jasadi topilgan", deyilmoqda xabarda.

Yong‘in paytida uyda bo‘lgan, 2000 yilda tug‘ilgan o‘smir shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etdi. Aniqlanishicha, halok bo‘lganlardan 7 nafari qarindoshlar bo‘lgan.

Ayni vaqtda yong‘inning aniq sabablari aniqlashtirilmoqda. Voqea bo‘yicha tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda, voqea joyida tergvchilar ish olib bormoqda. Tergov yong‘in chiqishining ikki sababi ustida ishlamoqda: bir taxminga ko‘ra, uyga ataylab o‘t qo‘yilgan, boshqa taxminga ko‘ra, yong‘inga ehtiyotsizlik sabab bo‘lgan.

Top