10:12 / 04.04.2016
1593

Tailandda avtobus poyezd bilan to‘qnashib ketdi

Tailanddagi temiryo‘l chorrahasida yo‘lovchi poyezdi va avtobus to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va 30ga yaqin inson jarohat oldi.

Bu hodisa qirollikning markaziy qismidagi Nakxonpatx viloyatida sodir bo‘lgan.

Voice TV telekanalining ma'lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan soat 5:30ga yaqin sodir bo‘lgan. Ko‘plab jarlanganlar – avtobus ichidagi yo‘lovchilar. Halokat joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda.

Top