15:01 / 05.04.2016
1451

Andre Almeyda: «Gvardiola to‘g‘ri aytdi, bizning himoya chizig‘imiz kuchli»

«Benfika» jamoasi himoyachisi Andre Almeyda YeChL chorak finalida «Bavariya»ga qarshi kechadigan bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Menimcha, Gvardiola bizning himoyamiz kuchli ekani haqida gapirgandan haq edi. Biz «Zenit»ga qarshi o‘yinda a'lo darajada harakat qildik va haqli ravishda chorak finalga o‘tdik.

Bu uchrashuv arafasida qaysi tomonning ustunligi muhim emas. Ikki jamoa ham shu bosqichga yetib kelgan ekan, teng imkoniyatlarga ega hisoblanadi», – deydi Almeyda.

Xosep Gvardiola: «Benfika» hozir yaxshi holatda. Men «Bavariya»ni bu to‘qnashuvda favorit deb bilmayman»

Top