09:51 / 05.04.2016
1282

Armanistonlik xakerlar tarmoqqa 25 ming ozarbayjonlik harbiyning ma'lumotlarini chiqarib yubordi

Armanistonlik xakerlar Ozarbayjon Mudofaa vazirligi saytini buzib kirishdi va 25 ming ozarbayjonlik harbiy haqidagi ma'lumotlarni tarmoqqa tarqatib yubordi. Bu haqda mediatahlilchi Samvel Martirosyan o‘zining feysbuki orqali ma'lum qilgan.

Bu hujum Monte Melkonian Cyber Army guruhi tomonidan amalga oshirilgan.

Bir necha kun oldin bu guruh Ozarbayjon hukumati saytiga qilingan hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olgandi. Ayni vaqtda gov.az faoliyati tiklangan.

2 aprelga o‘tar kechasi Tog‘li Qorabog‘da Ozarboyjon-Armaniston nizosi yana yangilandi. Ikki tomon o‘rtasida o‘t ochish boshlanib ketdi va haligacha davom etmoqda. Nizoning qayta boshlanishi uchun ikki tomon bir-birini ayblamoqda.

Qorabog‘ mojarosi, aholisining asosiy qismi armanlardan tashkil topgan Tog‘li Qorabog‘ 1988 yilda Ozarbayjon tarkibidan chiqishini e'lon qilgach boshlangan. Tog‘li Qorabog‘ aholisining 99,89 foizi Bokudan to‘liq mustaqil bo‘lishni yoqlab chiqqan referendumdan keyin, keng ko‘lamli harbiy harakatlar boshlangan. 1994 yil may oyida sulh tuzish haqidagi kelishuvlar kuchga kirdi. Hududlar chegarasida doimiy ravishda beqaror vaziyat saqlanib keladi.

Top