01:02 / 05.04.2016
1552

Oq uyda Poroshenko va Yanukovich vaqtidagi korrupsiya taqqoslandi

Ukrainada Pyotr Poroshenko prezidentligi davridagi korrupsiyaga qarshi kurash avvalgi prezident Viktor Yanukovich vaqtidagiga nisbatan katta muvaffaqiyat bilan bormoqda, deb aytdi Oq uy rasmiy vakili Josh Ernest.

"Prezident Poroshenko Ukraina hukumati bilan birga katta miqdorda aksilkorruptsion islohotlarni amalga oshirish istagini ko‘rsatdi. Agar siz Poroshenkodan oldingi prezident bo‘yicha ma'lumotlar bilan tanishsangiz, unda amaldagi hukumat muhim taraqqiyotga erishgani ravshan bo‘ladi", deb aytdi Ernest.

Ernest bu haqda ofshor sxemalari haqidagi maqolaning chop etilishi sababli AQSh rahbariyatining Poroshenkoga nisbatan munosabati o‘zgarganini bilish maqsadida berilgan savolga javoban aytdi.

Avvalroq Ukrainaning aksilkorruptsion byurosi Poroshenkoning ofshor kompaniyalarini tergov qilishdan bosh tortgani ma'lum qilingandi.

Top