12:38 / 05.04.2016
1576

Ozarbayjon tomoni yana 70 nafar armanistonlik harbiy yo‘q qilingani haqida ma'lum qildi

Ozarbayjon Qurolli kuchlari 4 aprel kuni kechasi olib borilgan harbiy harakatlar davomida 70 nafarga yaqin armanistonlik harbiy va Armaniston Qurolli kuchlarining 20ta harbiy texnikasi yo‘q qilgani haqida xabar berildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi Ozarbayjon Mudofaa vaziri Vagif Daryagaxliga asoslanib ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, keyingi 2 kun ichida ozarbayjonliklarning yo‘qotishi 16 kishi bo‘ldi.

Shuningdek, Daryagaxli Ozarbayjon armiyasi Madagiz qishlog‘idagi armanlar harbiy bazasini yo‘q qilgani haqida aytgan.

Bundan oldinroq, Ozarbayjon 4 aprel kunigacha Armaniston armiyasining 170 nafar harbiysi o‘ldirilgani haqida ma'lum qilgandi.

Top