09:01 / 05.04.2016
1680

Peterburgda o‘zbekistonlik ayol o‘z farzandini sotmoqchi bo‘ldi

Peterburg shahridagi Oktyabr tumani sudi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayolni qamoqqa olishga buyruq berdi. U 800 ming rubl evaziga o‘zining 4 oylik o‘g‘lini sotib yubormoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan.

Bundan oldinroq, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 34 yoshli Gavhar Abdunazarova 31 mart kuni shahardagi Qozon ko‘chasida joylashgan kafeda 4 oylik o‘g‘lini 800 ming rubl evaziga sotayotganida qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Ayni vaqtda chaqaloq shifoxonada. Abdunazarovaga nisbatan "odam savdosi" jinoyati bo‘yicha ayb qo‘yilishi kutilmoqda.

Top