08:48 / 05.04.2016
1740

UzReport TV "Barselona" - "Atletiko" hamda "PSJ" - "Manchester Siti" jamoalari uchrashuvlarini namoyish etadi

5-6 aprel kunlarida YeChLning chorak finalidagi 2ta uchrashuv o‘tkaziladi.

5 aprel kuni, Toshkent vaqti bilan soat 23:45da "Kamp Nou" stadionida "Barselona" va "Atletiko" jamoalari o‘rtasidagi bahsga start beriladi.

6 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45da esa "PSJ" va "Manchester Siti" o‘rtasidagi chorak final bahsi boshlanadi.

Bu ikki o‘yin UzReport TV telekanali tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Eslatib o‘tamiz, 1 dekabr kuni UzReport TV telekanali Yamal 401 sun'iy yo‘ldoshi orqali efirga chiqishni boshladi. O‘zbekistonning istalgan nuqtasidagi kishi sun'iy yo‘ldosh antennasiga ega bo‘lgan holda bu telekanalni kuzatishi mumkin bo‘ladi.

Top