21:16 / 05.04.2016
1667

«Vest Hem» futbolchisining qizil kartochkasi mavsum davomida ikkinchi marta bekor qilindi

«Vest Hem» jamoasi yarimhimoyachisi Sheyx Kuyate Angliya chempionatining 33-turida «Arsenal»ga qarshi kechadigan bahsda ishtirok etishi mumkin.

Angliya futbol assotsiatsiyasi futbolchiga o‘tgan turda «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yin vaqtida ko‘rsatilgan qizil kartochkani bekor qilgan.

Qayd etish kerakki, bunday hodisa ushbu futbolchining o‘zi bilan shu mavsumning o‘zida ikkinchi marta ro‘y bermoqda. Fevral oyida jamoa Angliya Kubogida «Blekbern»ga qarshi uchrashuvda ushbu futbolchisining olgan qizil kartochkasi bo‘yicha shikoyat bergan va bu shikoyat ijobiy qondirilgandi.

Top