16:52 / 05.04.2016
1507

Xitoy KXDR bilan savdo aloqalarini cheklamoqda

Xitoy savdo vaziri mamlakatga Shimoliy Koreyadan oltin va boshqa nodir rangli metallarni olib kirish hamda KXDRga raketalar uchun yoqilg‘i sifatida qo‘llash mumkin bo‘lgan neft va boshqa yonilg‘i mahsulotlari eksportini taqiqladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar qilgan.

BMTning Pxenyanga nisbatan qo‘llagan yangi jazo choralariga muvofiq, Pekin ma'muriyati shunday qaror qabul qilgan. Shimoliy Koreya yanvar-fevral oylarida, o‘zining yadro va raketa dasturlari doirasida bir nechta sinovlarni o‘tkazgach, xalqaro hamjamiyat unga nisbatan sanksiyalarini kengaytirgan edi.

Qayd etilishicha, tog‘-kon sanoati, Shimoliy Koreya iqtisodiyotning asoslaridan biri hisoblanadi.

Bundan avval, rasmiy Pxenyan yadro va raketa sinovlarini davom ettirishini ma'lum qilgan edi.

Top