16:21 / 05.04.2016
1494

Xitoyda internetdan ofshor mojarolarini izlash taqiqlandi

Xitoyning eng yirik internet-qidiruv portali Baidu “panama papers” (“panama hujjatlari”) qidiruviga javob bermayapti, deb yozadi Bloomberg.

Bunday izlanishga “qidiruv natijalari qonun va normativ akt me'yorlariga mos emas. Boshqa qidiruv jumlasini kiritishga harakat qiling” jumlasi taqdim etilmoqda.

Nashriyotga ko‘ra, ofshor registratori to‘g‘risidagi surishtiruv-tergov ishlari materiallarida 100 nafardan ortiq yuqori lavozimdagi mansabdorlar, ularning oila a'zolari tilga olingan. Ular orasida Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Tszinpinning bojasi ham bor. Manba bo‘yicha u Britaniya Virjiniya orollaridagi ikkita kompaniyaning aksioneri bo‘lgan.

Shuning uchun Xitoyda internet qidiruv portallari orqali shu mazmundagi izlashlar cheklab qo‘yildi. Mahalliy Global Times nashri surishtiruv-tergov ishi to‘g‘risidagi qaydni faqat ingliz tilida chop etdi.

Top