23:24 / 06.04.2016
1948

“Yulduzlar jangi” filmidagi AT-ST robotining haqiqiy nusxasi yasaldi

Noma'lum shaxs “Yulduzlar jangi” filmidagi AT-ST transport “vezdexod”ining nusxasini taxta, plastik va metall yordamida yasadi. AT-ST to‘liq hajmda ishlangan bo‘lib, balandligi sal kam 8 metrni tashkil etadi. 

Videoga ko‘ra, robot o‘z qurollarini harakatlantira oladi va o‘q otish ovozlarini ham chiqaradi. AT-ST bolalar maydonchasida joylashtirilgan. Robotning ichida ikki kishi uchun joy ajratilgan.

Avvalroq, internet foydalanuvchisi AT-ST roboti suratini Imgur saytiga yuklagan va fotosuratning izohiga ko‘ra u qurilmadan juda ham hayratlangan.

Top