18:00 / 06.04.2016
2035

Audi kompaniyasi yangilangan A3 oilasini namoyish etdi

Audi kompaniyasi yangilangan A3 oilasini taqdim etdi. Yangilanishlar besh eshikli, uch eshikli xetchbekda, sedanda, kabrioletda, shuningdek, S3 ning “quvvatlangan” variantida amalga oshirildi.

A3 ning tashqi ko‘rinishi u darajada o‘zgartirilmadi: model yangi shaklli faralarga ega bo‘ldi. Modelning intererini o‘zgartirish uncha mashaqqat talab etmagan. Faqatgina Virtual Cockpit 12,3 dyuymli asboblar paneli o‘rnatilgan. Bundan tashqari, MMI multmediya menyust o‘zgartirilgan.

Mashinalar yangi ranglar bilan ham “bezatildi”: Ara va Cosmic havorang, Nano kulrang, Tango qizil va Vegas sariq tusga kirdi.

O‘z navbatida, motor qismi ham yangilanishga ega bo‘ldi. Bularga uch silindrli 115 ot kuchiga ega 1,0 litrli va 190 ot kuchiga ega 2 litrli benzin agregatini misol keltirish mumkin. Bundan tashqari, S3 versiyasining quvvati 300 dan 310 ot kuchiga kuchaytirildi.

 

 

 

Top