07:03 / 06.04.2016
1469

FIFAning yangi prezidenti Infantino nomi ofshor mojarosida tilga olingani ma'lum bo‘ldi

FIFAning yangi prezidenti Janni Infantino nomi ofshor hisob raqamlar haqidagi ma'lumotlar keltirilgan "Panama hujjatlari"da eslatib o‘tilgan.

Infantino imzosi UYeFA hamda ekvadorlik Ugo va Mariano Jinkislar o‘rtasida teletranslyatsiya huquqlarini sotish bo‘yicha shartnomalardan birida turgani ma'lum bo‘ldi. Jinkislar sport marketingi sohasida korrupsiya va FIFAdagi korruptsion mojaroga aloqadorliklari o‘rnatilgan. Jinkislar huquqni sotib olgach, uni asl narxidan 3 barobar qimmatroqqa sotganlar.

UYeFA matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, shartnoma eng yaxshi narxlarni taklif qilganlar bilan tender asosida tuzilgan va bu huquqlarni xarid qilganlar ular bilan keyinchalik nima qilishlari tashkilotga taalluqli emas.

"Shartnoma Janni Infantino tomonidan u UYeFAning direktorlaridan biri bo‘lganda va bunday hujjatlarga imzo qo‘yishga huquqi bo‘lganda imzolangan. Shartnomada, shuningdek, yana bir UYeFA direktorining imzosi turibdi – bu odatiy tartibot", deyilmoqda UYeFA bayonotida.

Avvalroq FIFAning axloq bo‘yicha huquqshunosi jumladan Jinkislar sababli ichki tergovga tushgani ma'lum bo‘lgandi. Ofshor operatsiyalar haqidagi hujjatlarda, shuningdek, Lionel Messi va UYeFAning sobiq prezidenti Mishel Platini nomlari ham tilga olingan.

Top