22:18 / 06.04.2016
1947

Fransiya Moliya vazirligi Apple’dan 48,5 mln yevro talab qilmoqda

Fransiya Moliya vazirligi AQShning Apple kompaniyasidan 48,5 mln yevro undirmoqchi. Bu haqda BFM TV xabar bergan.

Fransiya Moliya vazirligi Apple kompaniyasining mobil operatorlarga qo‘ygan bir qator talablarini noqonuniy deb bilmoqda. Xabarda qayd etilishicha, raqobat, iste'molchilar va soliq buzilishlari bo‘yicha boshqarma (DGCCRF) nomidan kompaniyaga nisbatan 1 yil oldin ariza topshirilgan.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, Apple smartfonlar bozoridagi ustunligini suiiste'mol qilib, ularga mustaqil siyosat yuritishga imkon bermagan.

Moliya vazirligi Apple va mobil operatorlar o‘rtasidagi kelishuvning 10dan ortiq bandlarini bekor qilishni hamda amerikaliklar korporatsiyasiga 8 mln yevro miqdorida jarima qo‘llashni talab qilgan. Shuningdek, vazirlik Fransiyadagi SFR (14 mln yevro), Orange (11,6 mln yevro), Free (8,2 mln yevro) va Bouygues Telecom (6,7 mln yevro) kompaniyalariga jarima tayinlashni so‘ragan.

Bundan oldinroq, Yevrokomissiya Apple kompaniyasini 8 mlrd dollar miqdoridagi jarimaga tortishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Top