07:43 / 06.04.2016
1868

Londondagi Temza daryosida noma'lum jonzot payqaldi

Guvohlar Londondagi Temza daryosida noma'lum jonzotning suzib yurganini videoga olishdi. Video Londonning Grinvich tumanida tasvirga olingan. 

Internetda muzokaralarga sabab bo‘lgan videoda katta o‘lchamdagi noma'lum bir jonzot suv yuzasiga bir necha soniyaga chiqib, keyin yana g‘oyib bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Foydalanuvchilar bu noma'lum jonzotni Shotlandiyadagi Loxness ko‘lidagi mashhur mahluqqa qiyoslashdi. Bu holatning kun sayin yangi taxminlari paydo bo‘lmoqda. Video yuz minglab namoyishlar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Bu orada mutaxassislar bu holatga hali izoh berishmadi.

Top