11:39 / 06.04.2016
1371

Manba: «Real» Ronalduni 60 mln yevro evaziga sotishga tayyor

Madridning «Real» klubi, hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashishga tayyor, deya xabar beradi ispaniyalik taniqli jurnalist Gilem Balage Sky Sports‘dagi kolonkasida.

Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, «Qirollik klubi» Florentino Peres Portugaliya terma jamoasi sardorini 60 mln yevro evaziga sotishga tayyor bo‘lib turibdi. Hozirda futbolchining agentlari Madrid klubi bilan eng maqbul yo‘lni tanlash bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda. Ronalduning o‘zi ni sotib olishni istagan boshqa klublardan 20-25 mln yevro miqdorida yillik maosh olishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ronalduning xizmatlariga «Manchester Yunayted» va «PSJ» jamoalari qiziqish bildirib kelishmoqda.

Top