18:15 / 06.04.2016
1727

Messi sud tufayli Amerika Kubogining birinchi o‘yinida qatnasha olmaydi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2016 yilgi Amerika Kubogining startini o‘tkazib yuborishi mumkin.

El Mundo nashrining yozishicha, Kataloniya sudi «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va uning otasi Xorxe Messsining ishi bo‘yicha sud majlisi muddatini o‘zgartirgan. Ular soliq to‘lashdan bosh tortishda ayblanmoqda.

Sud majlisi avval belgilanganidek 31 may kuni emas, 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bu Messining 6 iyun kuni Chiliga qarshi kechadigan ilk uchrashuvda maydonga tusha olmasligini anglatadi.

Messi 2007 yildan 2009 yilgacha bo‘lgan muddat davomida jami 4,1 mln yevro miqdoridagi soliqni to‘lamaganlikda ayblangan.

Ispaniya davlat advokaturasi Messiga 22,6 oylik qamoq jazosi va jarima qo‘llashni talab qilgan. Prokuratura esa bu jinoyatda futbolchining otasini ayblagan va uni 18 oyga ozodlikdan mahrum etishni so‘ragan.

Top