17:44 / 06.04.2016
1546

Nazarboyev Vashington safari vaqtida Obamaga qarag‘andalik qo‘lsiz rassom ishlagan suratni sovg‘a qilgan

Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibi Davron Abayevning aytishicha, davlat rahbari, AQSh prezidenti Barak Obamaga qozog‘istonlik rassom Karipbek Kuyukov qalamiga mansub "Portlash" nomli suratni hadya qilgan. Bu haqda uning Facebook’dagi sahifasida e'lon qilingan.

Ma'lumki, Nazarboyev 31 mart-1 aprel kunlari yadro xavfsizligi sammitida ishtirok etish uchun Vashingtonga borgan edi. Sammit doirasida Nazarboyev Obama bilan uchrashgan, ayni muloqot chog‘ida Qozog‘iston rahbari amerikalik hamkasbiga sovg‘asini topshirgan.

Bundan avval, 2012 yili Seulda bo‘lib o‘tgan yadro sammiti chog‘ida ham Nazarboyev Obamaga prezidentlik saylovlari arafasida qozoq tumorini hadya qilgandi. Uning bu galgi sovg‘asi esa, ta'bir joiz bo‘lsa, o‘ziga xos ma'noga ega bo‘ldi. Rassom Karipbek Kuyukov, Xalqaro ATOM loyihasi faxriy elchisi, Xalqaro yadroga qarshi harakat faoli hisoblanadi.

Top