21:50 / 06.04.2016
2169

OChL, 4-tur: «Paxtakor» safarda «Traktorsozi»dan mag‘lub bo‘ldi

OChL 4-turi doirasida, S guruhi vakillari «Traktorsozi» - «Paxtakor» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda eronliklar to‘liq ustunlikka ega bo‘lib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu mag‘lubiyatdan keyin, toshkentliklar jamoasi ochkolari soni 4taligicha qoldi va jamoa guruhda uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

O‘zbekistonning amaldagi chempionlari keyingi 2 turni guruh autsayderi, BAAning «Al-Jazira» jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Ayni vaqtda guruhda birinchi o‘rinda «Traktorsozi» 9 ochko bilan peshqadam, «Al-Hilol» esa 5 ochko bilan ikkinchi o‘rinda.

«Traktorsozi» - «Paxtakor» 2:0.
Gollar: Augusto Sezar 60, - 1:0, Said Agxayei 82, - 2:0
«Traktorsozi»: 1.Muhammadrizo Akbari, 2.Muhammad Iranpurian, 3.Shojai Xalilzoda, 5.Karlos Kardoso, 6.Sina Ashuri, 8.Shahin Sagxebi (10.Surush Rafei, 46), 11.Baxtiyor Rahmoni, 19.Augusto Sezar (4.Xolid Shafei, 81), 24.Farzad Xatami, 66.Mehdi Kiani, 77.Said Agxayei.

«Paxtakor»: 1.Nikita Ribkin, 4.Adnan Oraxovats, 5.Akbar Ismatullayev, 7.Azimjon Ahmedov, 8.Sherzodbek Karimov, 9.Jaloliddin Masharipov 11.Igor Sergeyev, 15.Javohir Sohibov, 21.Kamoliddin Tojiyev, 24.Davronbek Hoshimov, 29.Vladimir Kozak (14.Jamshid Boltaboyev, 84)

Ogohlantirishlar: Augusto Sezar (42), Said Og‘aiy (65) - Akbar Ismatullayev (30), Azim Ahmedov (56).

Top