18:31 / 06.04.2016
1439

Suares YeChLdagi 15ta golini Messi, Ronaldu, Raul va Ibrahimovichdan ko‘ra qisqa vaqt ichida urdi

«Barselona» hujumchisi Luis Suares Chempionlar ligasi chorak finalida «Atletiko»ga qarshi kechgan bahsda ikkita gol urdi va jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta'minladi.

Shu tariqa, urugvaylik hujumchi YeChLda urgan gollari soni 15taga yetkazdi. Buning uchun u 23ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Undan oldin bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatkichni Messi zabt etgan va u 15ta gol urishi uchun YeChLning 29 uchrashuvida maydonga tushishi lozim bo‘lgandi.

Raul bu natija uchun 33, Krishtianu Ronaldu 51 va Zlatan Ibrahimovich 28ta uchrashuvda o‘tkazgandi.

Top