15:04 / 06.04.2016
1510

Tailandda hukmron Chakri sulolasi kuni o‘tkazilmoqda

Tailandda mamlakatda 1782 yildan hukmronlik qilib kelayotgan Chakri sulolasi kuni o‘tkazilmoqda.

Bundan 234 yil muqaddam taxtga sulola asoschisi Rama Birinchi kelgan edi. Uning hukmronligi davrida qirollik Birma, Laos va Kambodja ustidan bir necha bor muvaffaqiyatli harbiy yurishlarni amalga oshirgan. U o‘z davrida Txong Diang nomi bilan mashhur bo‘lgan. Tarixchilarning so‘ziga qaraganda, bo‘lajak monarx o‘sha paytda taxt egasi bo‘lmish Taksin bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan, aniqrog‘i, uning qo‘shinini boshqargan. Vaqti kelib Taksin diniy fanatizm ta'siriga tushib qolgach, Txong Diang uni o‘ldirib, o‘rniga qirollik tojini kiyadi.

Chakri sulolasiga, shuningdek, islohotchi-qirol Chulalongkorn (Rama Beshinchi) hamda mamlakatda qullikni bekor qilgan Pumipon Adulyadet (Rama To‘qqizinchi)larni misol etib keltirish mumkin.

Top